Bugun 23 noyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Talaba yotoqxonada o‘lik holda topildi: bu qotillikmi yoki?..

A A A
Talaba yotoqxonada o‘lik holda topildi: bu qotillikmi yoki?..

Manchesterdagi tungi klublarning birida telefonini yo‘qotib qo‘ygan Archi ismli yigit, do‘stlarining aytishicha, juda qattiq tushkunlikka tushib qolgan. Undan keyin esa fojia sodir bo‘lgan, deb yozadi Daily Mail .

Ma’lum bo‘lishicha, ertasi kuni uning jasadi Salford universitetining yotoqxonasidan topilgan. Qayd etilishicha, Archi u yerda jurnalistika sohasida ta’lim olgan.

Qarindoshlarining aytishicha, Archi bunday ish qila olmaydi. Vaholanki, u juda ham aqlli yigit bo‘lgan.

Biz bunga hali ishonganimiz yo‘q , deydi uning onasi. Ammo bu ko‘pchilikning ko‘ziga sirli qotillik bo‘lib ko‘rinmoqda, deydi nashrlardan biri. Polisiya tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

Kiritildi: 05:14 24.01.2019. O'qildi: 3323 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik