Yemen Qurolli kuchlari mamlakat g‘arbidagi Taiz viloyatining 10 ta hududida husiylar pozisiyalariga 71 marta zarba berilganini ma’lum qildi. Bu haqda Qurolli kuchlar Media markazi xabar berdi.
Harbiylar bayonotiga ko‘ra, hujumlar husiylarning pozisiyalari, kuchlari to‘plangan joylar va qo‘shimcha kuchlariga qaratilgan. Transport vositalari hamda ta’minot texnikasi ham nishonga olingan.
Armiya zarbalar natijasida husiylar safida yo‘qotishlar bo‘lganini va ularning hududdagi hujumlarni davom ettirish imkoniyati cheklanganini bildirdi. Operasiyalar davom ettirilishi aytildi.
Mamlakatdagi fuqarolar urushi 2014 yilda husiylar poytaxt Sano ustidan nazorat o‘rnatganidan keyin boshlangan. 2015 yildan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalisiya xalqaro tan olingan hukumatni qo‘llab-quvvatlab kelmoqda.