Tailandda 49 yoshli mahalliy fuqaro Siriporn Niomrin qirg‘oqdan ambra (kitning qusig‘ini)ni topib oldi, deb yozdi «Daily Mail».
Qayd etilishicha, topilma taxminan yetti kilogramm bo‘lib, hajmi 30,5 x 61 santimetrni tashkil etadi.
«Menga shunday katta buyumni topish nasib etdi. Umid qilamanki, u menga pul olib keladi», degan ayol.
Ma’lum qilinishicha, ambraning xalqaro bozordagi narxi bir kilogramm uchun 40 ming dollarga yetadi.
Ambra, odatda, parfyum ishlab chiqarishda fiksator sifatida ishlatiladi.