Respublika miqyosida o‘tkazilayotgan “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlarning II bosqichi doirasida Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari hamkorligida poytaxtning Chilonzor tumanida amalga oshirilgan tezkor tadbirda katta miqdordagi giyohvandlik vositasining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.
Xususan, 2004 y.t. Qozog‘iston Respublikasi fuqarosining sport sumkasi belgilangan tartibda tekshirilganda, uning ichida shirinliklar va boshqa mahsulotlar niqobi ostida qadoqlangan, taxminiy og‘irligi 11 kg bo‘lgan gashish moyi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.
U Tailand davlatidan olib kelgan ushbu narkotiklarni Qozog‘iston Respublikasiga yetkazib berishi kerak bo‘lgan. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.