Bugun 20 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Tailanddagi mehmonxonada Ukraina elchisining jasadi topildi

A A A
Tailanddagi mehmonxonada Ukraina elchisining jasadi topildi

Ukrainaning Tailand Qirolligidagi elchisi Andriy Beshta vafot etdi, u 45 yoshda edi. Uning jasadi Tailandning Ko-Lipe orolidagi mehmonxona xonasidan topilgan. Bu haqda "Moskovskiy Komsomoles" xabar bermoqda.

Tailand polisiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, o‘limning dastlabki sababi yurak xuruji bo‘lgan, chunki Beshtaning jasadida ta’sirlanish dalili topilmagan. Oxirgi javob ekspertizadan so‘ng ma’lum bo‘ladi.

Uning 17 yoshli o‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, otasi erta tongda o‘zini yomon his qilgan: u o‘rnidan turgach, qayt qilgan va keyin hushidan ketgan. Bir kun oldin, o‘g‘lining so‘zlariga ko‘ra, Beshta o‘zini yaxshi his qilgan.

Andriy Beshta Ukraina Tashqi ishlar vazirligida 1998 yilda ish boshlagandi. U BMT Bosh assambleyasining 67-70 sessiyalarida qatnashish uchun Ukraina delegasiyasining a’zosi edi.

2015 yildan beri Beshta Ukrainaning Tailanddagi elchisi bo‘lib ishlagan, uni sobiq prezident Pyotr Poroshenko tayinlagan. 2017 yildan buyon u bir vaqtning o‘zida Ukrainaning Laos va Myanmadagi elchisi ham edi.

Kiritildi: 20:43 30.05.2021. O'qildi: 2473 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik