Ma’lum qilinishicha, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov, bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev va vazir Abduqodir Toshqulov ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ma’naviy-ma’rifiy ishlar ta’sirchanligini yanada oshirish borasida o‘tkazilgan yig‘ilishda oliy ta’lim tizimi masalalari, xususan, rektorlar salohiyatiga ham to‘xtaldi.