537 yilda barpo etilgan “Avliyo Sofiya” 1453 yilda Istanbulning fathi bilan cherkovdan masjidga aylantirilgan edi.
Partiyaning iddaosiga ko‘ra, “Avliyo Sofiya”ning masjidga aylantirilishi madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish bo‘yicha YUNESKO konvensiyasiga ziddir.
Ayni paytda, «Avliyo Sofiya»ning ichida shoshilinch tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Yerga 14000 kvadrat metr yashil rangdagi gilam to‘shalgan.
Grek matbuotining xabar berishicha, papa Fransisk esa o‘z navbatida “Avliyo Sofiya”ni masjidga aylantirish qarori siyosiy bo‘lganini ta’kidlagan va fursat bo‘lishi bilan uni qaytadan muzeyga aylantirish uchun ish boshlashini bildirgan.
Turkiya davlat kengashining ibodatxona kelajagi bo‘yicha qarori 15 kun ichida e’lon qilinadi.