Muntazam ravishda kitob o‘qisangiz, miya qarishi sekinlashadi.
Tadqiqotchilar 50 yosh va undan katta bo‘lgan 3635 nafar insonlarni 12 yil davomida kuzatib borishdi hamda o‘qish odatlarining umr ko‘rish bilan qanday bog‘liqligini o‘rganishdi. Ular muntazam ravishda kitob o‘qiydigan odamlar umuman kitob o‘qimaydigan kishilarga qaraganda o‘rtacha 23 oy ko‘proq yashashini aniqlashdi. Bu natija hatto ta’lim, daromad, sog‘liq holati, tushkunlik va aqliy qobiliyat kabi omillarni hisobga olgan holda ham o‘z kuchini yo‘qotmadi.
• O‘qish paytida miyangiz meditasiya holatiga tushadi, asab tizimingiz tinchlanadi va stress darajasi minimal darajaga tushadi.
• Miyangiz bir necha barobar sekinroq qariydi, demensiya va aqli zaiflik paydo bo‘lishi xavflari esa minimallashadi!
• Kuniga kamida 20 daqiqa o‘qing. Bunga hatto audiokitoblar ham to‘g‘ri keladi, eng muhimi, e’tiborni videolar va boshqa keraksiz narsalarga emas, balki asarlarga qaratishdir. Ya’ni asosiysi — kitob mazmuniga diqqatni jamlash kerak.