Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Tadqiqot: Denge bezgagini yengganlarda COVID-19’ga qarshi immunitet bo‘lishi mumkin

Tadqiqot: Denge bezgagini yengganlarda COVID-19’ga qarshi immunitet bo‘lishi mumkin

Denge bezgagini boshdan o‘tkazganlar muayyan darajada COVID-19’ga qarshi immunitetga ega bo‘lishi mumkin. Bu tadqiqot AQShning Dyuk universiteti professori Migel Nikolelis tomonidan olib borilgan va hali e’lon qilinmagan.

Olim, xususan, koronavirus va denge bezgagi tarqalishini geografik prinsip bo‘yicha taqqoslagan. Taqqoslash natijasida 2019 va 2020 yilda denge bezgagi avj olgan hududlarda koronavirus infeksiyasi kamroq tarqalganini aniqlagan. Bu denge bezgagi bilan kasallanib chiqqanlarda COVID-19’ga qarshi qisman antitana ishlab chiqiladi, degan xulosaga kelish imkonini beradi.

Nikolesisning aytishicha, agar bu gipoteza rost bo‘lib chiqsa, denge bezgagi bilan kasallanish yoki dengega qarshi samarali va xavfsiz vaksina bilan immunizasiyalash koronavirusga qarshi muayyan darajada immunologik himoyani ta’minlashi mumkin.

Bundan tashqari, professor avval o‘tkazilgan tadqiqotlar ham denge bezgagi bilan kasallanib tuzalganlardan olingan tahlillar COVID-19 antitanasiga soxta ijobiy natija ko‘rsatganligini eslatib o‘tgan. Olimning fikricha, bu ikki virus turli oilalarga tegishli bo‘lsa-da, ularning immunologik bog‘liqligidan dalolat berishi mumkin.

Kiritildi: 23:45 22.09.2020. O'qildi: 1385 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!