Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Tadbirkorlarga soliq munosabatlarida yengilliklar beriladi

 Tadbirkorlarga soliq munosabatlarida yengilliklar beriladi

Qonun (O‘RQ–1108-son, 25.12.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritidi.

🔰 Kiritilgan ko‘shimchalarga ko‘ra, quyidagi holatda ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish yuritishni boshlash mumkin emasligi, boshlangan ish esa tugatilishi lozimligi belgilandi:

🔹 agar soliq to‘lovchi (soliq agenti) tomonidan oxirgi 3 oy ichida soliq hisobotlari o‘z vaqtida taqdim etilgan va keyingi hisobot davri uchun soliq hisobotini taqdim etish muddatining kechiktirilishi 5 ish kunidan oshmagan bo‘lsa .

⏳ Shuningdek, Iqtisodiy prosessual kodeksdagi huquqiy ta’sir choralari jumlasiga “QQSni to‘lovchi sifatida maxsus ro‘yxatga olish hisobiga qo‘yilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini 30 kundan ortiq bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish kiritildi.

📝 Bundan tashqari, soliq qarzi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslar va YATTlar soliq organiga soliq qarzini o‘z debitori hisobidan undirishni so‘rab murojaat qilishga haqli.

📑 Murojaatga o‘zaro tasdiqlangan yoki bir tomonlama imzolangan hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasi ilova qilinishi lozim.

💸 Foyda solig‘i bo‘yicha soliq imtiyozlari Prezident qarorlari bilan, faqat amortizasiya qilinadigan asosiy vositalarni tezlashtirilgan amortizasiya qilish huquqini berish tarzida, 3 yildan ortiq bo‘lmagan muddatga berilishi ko‘zda tutildi.

📁 Soliq to‘lovchining debitori bildirish xati olingan kundan e’tiboran 10 ish kunida o‘zaro hisob-kitoblarning solishtirma dalolatnomasini imzolashi (tasdiqlashi) yoki solishtirma dalolatnomada ko‘rsatilgan qarz mavjud emasligini asoslagan holda rad javobini berishi shart.

Kiritildi: Bugun 17:43. O'qildi: 394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!