Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Tadbirkorlarga nasos va suvni chuchuklashtiruvchi uskunalarni xarid qilganlik uchun kompensasiya beriladi

Tadbirkorlarga nasos va suvni chuchuklashtiruvchi uskunalarni xarid qilganlik uchun kompensasiya beriladi

“Ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv tizimini yanada takomillashtirish hamda sohadagi investisiya loyihalari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–6074-son, 25.09.2020 y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonga muvofiq, 2020 yil 1 oktyabrdan: 

👉 ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv sohasida investisiya loyihalari bo‘yicha takliflar mahalliy Kengashlar roziligi bilan amalga oshiriladi; 

👉 suv ta’minoti va oqova suv xizmatlari uchun tartibga solinadigan narxlar monopoliyaga qarshi kurashish va narxlarni tartibga solish organlari xulosalari olinib, mahalliy  Kengashlar qarori bilan ma’qullangandan so‘ng tasdiqlanadi. 

📂 Farmonga ko‘ra, 2021–2022 yillarda 30 ta tuman va shaharlarning ichimlik suvi ta’minoti tizimlari tadbirkorlarga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida topshiriladi. 

🔰 2021 yil 1 yanvardan tadbirkorlarga nasos va suvni chuchuklashtiruvchi uskunalarni xarid qilish uchun:

👉 milliy valyutadagi kreditlarning 10 milliard so‘mdan oshmagan qismi bo‘yicha kredit foizi stavkasining Markaziy bank asosiy stavkasidan oshadigan, lekin asosiy stavkaning 1,5 baravaridan ko‘p bo‘lmagan qismi;

👉 xorijiy valyutadagi kreditlarning 10 milliard so‘m ekvivalentidan oshmagan qismi bo‘yicha foiz xarajatlarining tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30 foizigacha, lekin 3 foizlik punktidan ko‘p bo‘lmagan qismi 3 yil mobaynida kompensasiya qilinadi. 

🗓 2020 yil 1 oktyabrdan har yili aholi soni jami 15 mingdan kam bo‘lmagan  qishloq aholi punktlarini ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha davlat ijtimoiy buyurtmalariga tanlov e’lon qilinadi. 

♻️ Davlat ijtimoiy buyurtmalari doirasidagi loyihalar 2021 yilda Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida, 2022 yildan esa respublikaning boshqa hududlarida amalga oshiriladi. 

📌 2022 yil 1 yanvardan markazlashtirilgan oqova suv tizimiga ulanmagan aholi punktlarida uy-joy komplekslari oqova suv tozalash inshootlari bilan birga quriladi.
 

Kiritildi: 15:49 26.09.2020. O'qildi: 1453 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!