Bugun 7 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

Tadbirkorlarga mol va qo‘y go‘shtini import qilishda subsidiya ajratiladi

Tadbirkorlarga mol va qo‘y go‘shtini import qilishda subsidiya ajratiladi

“Aholini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–130-son, 07.04.2026 y.) qabul qilindi.

💸 Qarorga ko‘ra, go‘sht mahsulotlari narxlari barqarorligini ta’minlashga qaratilgan quyidagi yo‘nalishlarda O‘zbekiston Respublikasi respublika byudjetidan vaqtinchalik subsidiyalar ajratilishi belgilandi:

🔹 2026 yil 1 apreldan 2026 yil 1 avgustga qadar tadbirkorlarga mol va qo‘y go‘shtini import qilishda, ularni havo transportida tashish xarajatlarining 50 foizi, biroq har bir kilogramm go‘sht uchun 0,8 AQSh dollaridan oshmagan miqdorda;

🔹 2026 yil 1 apreldan 2026 yil 31 dekabrga qadar xorijiy davlatlardan havo transporti orqali import qilingan nasldor qoramol qiymatining 10 foizi, biroq har bir bosh qoramol uchun 4 mln so‘mdan oshmagan miqdorda.

💰 Mazkur qarorga muvofiq subsidiyalar Agrar sohada to‘lovlar agentligi tomonidan moliyalashtiriladi.

Kiritildi: Bugun 17:05. O'qildi: 303 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!