2027 yil 1 yanvardan tadbirkorlarga nisbatan «Birinchi xato uchun — ogohlantirish» qoidasi joriy etiladi.
Birinchi marta qoidabuzarlik sodir etgan, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘i hamda boshqalar mulkiga zarar yetkazmagan tadbirkorga jarima o‘rniga kamchilikni bartaraf etish uchun 10 kun muddat beriladi.
Shuningdek:
🔹 bir yil davomidagi takroriy tekshiruvlar Biznes-ombudsman ruxsati bilan o‘tkaziladi;
🔹 2027–2028 yillarda o‘rta va yirik biznes uchun tashabbus auditi mexanizmi sinovdan o‘tkaziladi;
🔹 auditda aniqlangan kamchiliklar 30 kun ichida bartaraf etilsa, moliyaviy jarima qo‘llanmaydi.