Bu telefonlar suhbatingizni birovlar eshitmasligidan himoya qilish uchun mo‘ljallangan. Telefon ham ochiq, ham yopiq holda ishlaydi. Siz “Kruiz-K” deya nom berilgan ushbu telefon orqali har qanday siringizni oshkor qilgan holda gaplasha olasiz. Sirlaringiz oshkor bo‘lmasligi kafolatlanadi. Chunki telefon dasturlari hatto bosh operator ofisidagi zamonaviy nazorat uskunalariga ham gapingizga quloq tutish uchun umuman imkon qoldirmaydi. Faqat bir sharti bor. Agar siz kimgadir xuddi shu kriptotelefon orqali qo‘ng‘iroqni amalga oshirsangiz, suhbatdoshingizda ham xuddi shunday telefon bo‘lishi shart. Aks holda suhbatni tashqi “quloq”lardan himoyalashning imkoni bo‘lmaydi.
Kriptotelefonlar hozircha tadbirkorlar va huquqni muhofaza qilish tashkilotlari xodimlari uchun mo‘ljallangan.