Tramvayda yurak xurujidan vafot etgan Syurixning keksa fuqarosi yo‘lovchilar uni payqamaguncha transportda olti soat vaqt o‘tkazdi, deb yozadi RIA Novosti.
Xabar qilinishicha, 64 yoshli erkak ishiga yo‘l olgan va shahar markazida tushishi kerak bo‘lgan, ammo tramvayda yuragi to‘xtab, vafot etgan. Marhumning o‘g‘li so‘zlariga ko‘ra, olti soatdan keyin yo‘lovchilardan biri tramvay haydovchisiga erkak haqida aytgan.
Hodisa haqida Syurix jamoat transporti boshqarmasi va shahar polisiyasiga xabar berilgan.