Bugun 4 may, 2024 yil, shanba

КИР

“Svet” narxi kamida 3 yil o‘zgarmaydi

“Svet” narxi kamida 3 yil o‘zgarmaydi

Hukumat qarori (310-son, 13.04.2019 y.) bilan 2030 yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekiston Respublikasi elektr energiya tarmog‘idagi tarif siyosatining asosiy yo‘nalishlari tasdiqlandi.

Hujjat bilan, tarif siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilandi. Iste’solchilarning elektr energiyasidan asoslangan va raqobatli tariflar bo‘yicha foydalanishini ta’minlash shular jumlasidandir.

Tariflarni belgilashda aholining kam ta’minlangan va himoyaga muhtoj qatlamlari ijtimoiy himoya qilinadi.

2023 yilgacha tariflarni shakllantirish metodikasiga bosqichma-bosqich o‘tiladi.

2023 yildan boshlab elektr energiyasi uchun tariflar kamida 3 yil muddatga amal qiladi.

O‘zaro maqbul tariflarni belgilash orqali iste’molchilar va elektr energetika tarmog‘i tashkilotlarining manfaatlari muvozanatga keltiriladi.

Hujjat bilan tariflarni shakllantirishning prinsiplari belgilandi.

Jumladan, tariflarni shakllantirishda kamsitmaydigan yondashuv joriy etiladi, tariflarni belgilash asoslanmagan siyosiy ta’sirga duchor etilmaydi.

Kiritildi: 15:20 17.04.2019. O'qildi: 2060 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!