Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Suv nasosini o‘margan maktab o‘quvchisi tutildi

A A A
Suv nasosini o‘margan maktab o‘quvchisi tutildi

Jizzax shahri, "Yoshlik" mahallasida yashovchi, 1983 yilda tug‘ilgan H.D. Jizzax shahar IIO FMB 4-sonli ichki ishlar bo‘limiga murojaat qilib, turar joyi kirish yo‘lagida turgan bozor narxi 2 200 000 so‘mlik suv nasosini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

Olib borilgan surishtiruvlar natijasida suv nasosini Jizzax shahrining "Yoshlik" mahallasida yashovchi, 2001 yilda tug‘ilgan B.M. hamda shu mahallada yashovchi, 2004 yilda tug‘ilgan, 9-sinf o‘quvchisi M.O. sodir etganligi aniqlandi.

Ayblanuvchilardan suv nasosi hujjatlashtirib olingan va tegishli tartibda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati

 

Kiritildi: 03:25 18.06.2020. O'qildi: 1847 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik