Davlat xavfsizlik xizmati va Bojxona organlari xodimlari hamkorligida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan, 1994 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan fuqaro ushlanib, undan xorijdan yuborilgan suv nasosi qurilmasi tegishli tartibda olib qo‘yildi
Ushbu qurilma xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning ichiga 968 gr “Alfa PVP” sintetik giyohvandlik vositasi yashirilganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, mazkur fuqaro ijarada yashovchi Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi xonadondan ham narkotik moddalarni o‘lchash va qadoqlashda foydalaniladigan 2 ta elektron torozi, “zip” paketlar hamda skotchlar olindi.
Aniqlanishicha, u internet narkodo‘konda “omborchi” vazifasida ishlagan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.