Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Surxondaryolik erkak o‘ynashi va uning erini pichoqladi

Surxondaryolik erkak o‘ynashi va uning erini pichoqladi

7 oktyabr kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi dehqon bozori yonida 1969 yilda tug‘ilgan SH. ismli shaxs ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan M. ismli ayol va uning turmush o‘rtog‘i bilan janjallashib, ularga jarohat yetkazdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, SH. 1980 yilda tug‘ilgan M. bilan ishqiy munosabatda bo‘lib kelgan. O‘zaro janjal oqibatida u M.ning bo‘yin sohasiga oshxona pichog‘ini tirab jarohat yetkazgan. Uni himoya qilishga uringan turmush o‘rtog‘i A.ning esa ko‘krak qafasiga bir marotaba pichoq urib, qasddan o‘ldirishga harakat qilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kunning o‘zida tuman prokuraturasi tomonidan SH.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 13:55 08.10.2019. O'qildi: 3150 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!