Bugun 17 may, 2024 yil, juma

КИР

Surxondaryodagi masjidlarga vaqf qilingan kitoblar yetkazildi

Surxondaryodagi masjidlarga vaqf qilingan kitoblar yetkazildi

11-12 sentyabr kunlari «Masjid va madrasalar uchun kitob aksiyasi» doirasida Surxondaryo viloyatining Termiz, Angor, Sherobod, Qiziriq, Boysun, Jarqo‘rg‘on, Muzrabod va Qumqo‘rg‘on tumanlaridagi 44 ta masjidga jami hisobda 50 mln so‘mlik 1848 ta kitob yetkazib berildi.

Masjidlarning har biriga «Qur’oni Karim», muftiy Usmonxon Alimovning «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak vasiyatlari», «Oilada fazrand tarbiyasi», shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining qalamlariga mansub, «Odoblar xazinasi» to‘plami, «Ruhiy tarbiya» to‘plami, «Hadis va hayot» kitobidan 6 ta juz, «Muhammad sollallohu alayhi vasallamga sodiq Muhammad sodiq», «Zikr ahlidan so‘rang» kitobidan 4 ta juz, «Oltin silsila» 4, 6-juzi, «Iymon», «Ochiq xat», «Tasavvuf haqida tasavvurlar» kitoblari, shu bilan birgalikda masjid ahli uchun kerakli deb hisoblangan «O‘kinma», «Engil amallar», «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam va ahli bayt», «Hanafiy fiqhidan savol-javoblar», «G‘iybat o‘zi nima?», «Islomda oila» «Nurul basar» «Imomlik buyuk mas’uliyat», «Siz qanday yashamoqchisiz?», «Rasulullohning shaklu shamoillari», «Siyrat solnomasi», «Rasulullohning ajdodlari», «Rasulullohning axloq-odoblari» «Men ham namoz o‘qiyman», kabi kitoblar Alloh yo‘lida vaqf mulki qilib berildi.

To‘plangan mablag‘lar evaziga viloyatlardagi masjidlarga kitoblar olinadi va Alloh yo‘lida vaqf qilinadi. Hozirgi kungacha 263 ta masjid ulamolar tomonidan yozilgan eng sara asarlar bilan ta’minlandi.

Manba: azon.uz

Kiritildi: 18:40 15.09.2018. O'qildi: 1257 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!