Bugun 6 oktyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Surxondaryoda Yapon texnologiya universiteti tashkil etiladi

Surxondaryoda Yapon texnologiya universiteti tashkil etiladi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov Yaponiyaning ARK Educational Systems bosh direktori va vohada tashkil etilayotgan Yapon texnologiya universiteti loyihasi asoschisi Genki Kajiura hamda Tanaka Medical Innovation Research Institute (TMI); NEXUS Co.Ltd rahbari Koichi Tanaka boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuv avvalida viloyat delegasiyasining Yaponiyaga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, yangi loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Xususan, Surxondaryo viloyatida Yapon texnologiya universiteti tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, Termiz shahridagi “Mashhura” klinikasi bilan hamkorlikda tibbiyot xodimlarini malakasini oshirish, shuningdek, VSee loyihasini voha orqali mamlakatda tibbiyot sohasiga targ‘ib qilish masalalari muhokama qilindi.

Viloyat rahbari Yapon texnologiya universiteti tashkil etish va boshqa loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha barcha zarur ko‘maklar ko‘rsatilishini ma’lum qildi.

Yakunda erishilgan kelishuvlar bo‘yicha memorandum imzolandi.

Kiritildi: 22:17 04.07.2024. O'qildi: 1293 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!