Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Surxondaryoda voyaga yetmagan qizlarga diniy ta’lim berayotgan erkak qo‘lga olindi

Surxondaryoda voyaga yetmagan qizlarga diniy ta’lim berayotgan erkak qo‘lga olindi

2022 yilning 18 may kuni Jarqo‘rg‘on tumani IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish guruhi xodimlari tomonidan Jarqo‘rg‘on tumani hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, D.Anvar (ism-shariflar o‘zgartirilgan) o‘zining ijaradagi yashash uyida 2022 yil 18 avgust kuni soat 09:30larda ushbu mahallada yashovchi maktab o‘quvchilari, voyaga yetmagan qizlarga hujra asosida noqonuniy diniy ta’lim berib kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

D.Anvardan diniy ta’lim berishda foydalanib kelingan diniy mazmundagi kitoblar tadbir ishtirokchilari tomonidan holislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan D.Anvarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 241-moddasi bilan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib Jinoyat ishlari bo‘yicha tuman sudiga yuborilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Kiritildi: 09:06 22.08.2022. O'qildi: 2716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!