Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani Yosh g‘ayrat mahallasida istiqomat qiluvchi YU.E. tuman Ichki ishlar bo‘limiga ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda "Postda" yozmoqda.
Murojaatda bildirilishicha, tumanning Hurlik mahallasida yashovchi fuqaro T.A. arizachining o‘g‘lini ichki ishlar organiga ishga kiritishni va’da qilib, joriy yilning 17 fevral kuni undan 18 930 000 (o‘n sakkiz million to‘qqiz yuz o‘ttiz ming) so‘m pul oladi. Ammo “va’da”sini bajarmasdan, pulni o‘zining ehtiyojlariga ishlatib yuboradi.
Viloyat IIB Axborot xizmatining xabar qilishicha, mazkur holat yuzasidan T.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.