Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Surxondaryoda uch nafar o‘smir daryoga cho‘kib, halok bo‘ldi

Surxondaryoda uch nafar o‘smir daryoga cho‘kib, halok bo‘ldi

Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanida daryoga cho‘milish uchun tushgan besh nafar yigitdan uch nafari kuchli oqim qurboni bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, 2008 yilda tug‘ilgan olti nafar o‘smir Surxondaryo daryosi bo‘yiga cho‘milish uchun borgan. Ulardan biri suvga tushmagan, qolgan besh nafari esa daryoga kirgan. Kuchli oqim oqibatida uch nafar o‘smirni suv oqizib ketgan.

Ikki nafar yigit atrofdagilar yordamida qutqarib qolingan. Qutqaruvchilar bir o‘smirning jasadini hodisa kuni, ikkinchisini esa keyinroq suvdan olib chiqqan.

Hozirda yana bir o‘smirning jasadini qidirish ishlari davom etmoqda.

Kiritildi: 17:25 12.06.2026. O'qildi: 1382 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!