Bugun 19 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Surxondaryoda prezident kortejidagi mashina ayol kishini urib ketgani rostmi?

Surxondaryoda prezident kortejidagi mashina ayol kishini urib ketgani rostmi?

Joriy yilning 3 iyun kuni ijtimoiy tarmoqda “Prezident tashrifi vaqtida ko‘cha supurayotgan ayolni hokimlik mashinasi urib ketdi. Ayol ikki kundan buyon komada” sarlavhasi ostidagi xabar tarqaldi. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi bu xabarga izoh berdi.

Aniqlanishicha, 2021 yilning 1 iyun kuni soat 07:30 larda haydovchi E.B. o‘z boshqaruvida bo‘lgan “Kaptiva” rusumli avtomobilni Termiz shahri, “Shodlik” mahallasidagi A.Temur ko‘chasi bo‘ylab boshqarib kelib, ushbu ko‘chaning “Barkamol avlod” markaziy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan o‘tayotgan vaqtda unga nisbatan chap tomondan o‘ng tomonga qarab piyodalar yo‘lakchasidan velosipedda ketayotgan P.R.ni avtomashinasining old qismi bilan turtib yuborishi natijasida yo‘l-transport hodisasini sodir etgan.

Natijada, fuqaro P.R. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Termiz filialidagi jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Termiz shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Surishtiruv davomida aniqlanishicha, mazkur transport vositasi davlat rahbarining Surxondaryo viloyatiga tashrifi jarayonida tashkil etilgan kortej avtomobillariga aloqasi yo‘qligi, bundan tashqari Amir Temur va Barkamol Avlod ko‘chalarining kesishmasida kortej harakatlanmaganligini ma’lum qilamiz.

Kiritildi: 17:49 03.06.2021. O'qildi: 9920 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!