Mijozga 1,31 gramm mariuxana giyohvandlik moddasini sotayotgan og‘ufurish ushlandi.
Surxondaryo viloyati ichki ishlar idorasi xodimlari Termiz shahridagi Alpomish mahallasi hududidagi “Karavon” restoranida tezkor tadbir o‘tkazib, giyohvandlik vositasini qonunga xilof ravishda sotish holatining oldini oldi. Muzrabot tumani Yurtim jamoli mahallasida yashovchi 23 yoshdagi J.J mijozga 1,31 gramm mariuxana giyohvandlik moddasini sotayotganida ushlandi.
Denov tumanida o‘tkazilgan tadbir chog‘ida Z.Bobur nomli mahalla hududidagi “R.Mirzayev” xususiy klinikasi hududida zahri qotil savdosi bilan shug‘ullanishni kasb qilmoqchi bo‘lgan yana bir shaxs “tumshug‘i”dan ilindi. Tumandagi Daxana mahallasida yashovchi 58 yoshdagi O.U. mijozga ikki dona gugurt qutisida sof vazni 12,05 gramm bo‘lgan marixuana giyohvandlik vositasini pullayotganida ichki ishlar idorasi xodimlari qo‘liga tushib qoldi.
Ushbu holatlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harkatlari olib borilmoqda.