Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Surxondaryoda noqonuniy faoliyatga chek qo‘yildi

Surxondaryoda noqonuniy faoliyatga chek qo‘yildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Denov tuman bo‘limi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Denov shahar “Yangi hayot” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro B.J. yashash xonadonining yordamchi xo‘jalik qismi ko‘zdan kechirilganda, 2 ta qo‘lbola moyjuvoz uskunasi o‘rnatib, paxta chigitidan yog‘ va kunjara ishlab chiqarib, qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlangan.

O‘tkazilgan tadbir jarayonida voqea joyidan fuqaro B.J.ga tegishli bo‘lgan ikki dona moyjuvoz uskunasi, kunjara 278.6 kg, moyjuvoz uskunasidan ishlab chiqarilgan 772.9 kg qora yog‘ mahsulotlari ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirib olib qo‘yilgan.

 “O`ztandart” agentligi “Surxondaryo sinov va sertifikatlashtirish markazi” davlat korxonasining xulosasiga ko‘ra, ushbu qora yog‘ moyjuvoz uskunasi orqali, paxta chigitini presslash yo‘li bilan qo‘lbola usulda tayyorlanganligi va Davlat standarti talablariga javob bermasligi, ya’ni iste’molga yaroqsizligi aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Majburiy ijro byurosi Surxondaryo viloyati boshqarmasi tomonidan 07.01.2019 yilda B.J.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186(2) –moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovga tegishliligi bo‘yicha viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Kiritildi: 15:09 21.01.2019. O'qildi: 1705 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!