Holat bo‘yicha viloyat YHXB axborot xizmati ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, hodisa shu yilning 12 noyabr kuni soat 8:00 atrofida Bandixon tumanning Chinor mahallasi hududidan o‘tuvchi4R-100 avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 32 yoshli haydovchi Nexia avtomobilini boshqarib ketayotib yo‘lningbelgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan 7 yoshli bolani urib yuborgan. Oqibatda 1-sinf bola og‘ir tanjarohatlari olib tuman shifoxonasida vafot etgan.
Holat bo‘yicha bola o‘qiydigan maktabda YHXB mas’ul xodimlari va mahalla aholisi ishtirokida muhokamayig‘ilishi o‘tkazilgan.