Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

Surxondaryoda "Malibu" haydovchisi hech qanday sababsiz Kamazga qarata o‘q uzdi

Surxondaryoda "Malibu" haydovchisi hech qanday sababsiz Kamazga qarata o‘q uzdi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida “Malibu” haydovchisi hech qanday sababsiz yo‘lda harakatlanib ketayotgan Kamazga o‘q uzgan. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Boysun tumanida 2021 yil 27 avgust kuni soat 16:34 larda, tumanning "Darband" mahallasida yashovchi, D.Madamin boshqaruvidagi "Malibu" rusumli avtomashinasini tumanning "Shifobuloq" mahallasi hududidan o‘tuvchi M-39 avtomobil yo‘lida boshqarib borib, shu yo‘lda harakatlanib ketayotgan, Sherobod tumani "G‘o‘rin-Gilambob" mahallasida yashovchi, M.Alisher boshqaruvidagi "Kamaz" rusumli avtomashinasiga o‘zida bo‘lgan pnevmatik pistolet bilan 2 marotaba otgan.

Pnevmatik pistolet, 1 dona magazin va o‘qlar tekshirib ko‘rishlik uchun hujjatlashtirib olingan.

28 avgust kuni D.Madaminga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 11:12 29.08.2021. O'qildi: 7219 marta. Fikrlar soni: 11 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!