Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida kelin qayonoatsining katta miqdordagi pullarini o‘g‘irlagan, deb xabar beradi O‘zA.
Yangiariq mahallasida yashovchi 64 yoshli mehnat faxriysi S. Lolayev tuman ichki ishlar bo‘limiga murojaat etib, yarim tunda noma’lum shaxs yashash uyiga kirib, sandiq ichidan 1000 AQSh dollari va 2 million 335 ming so‘m pulni o‘g‘irlab ketganini ma’lum qilgan.
Ko‘rilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida ushbu o‘g‘irlikni uning shu mahallada yashovchi kelini, tumandagi umumta’lim maktabi o‘qituvchisi N. Mengnarova (ism-shariflar o‘zgartirildi) sodir etganligi aniqlanib, ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Manba: sof. uz