Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Surxondaryoda «Hizb ut-Tahrir» a’zosi ozodlikdan mahrum etildi

Surxondaryoda «Hizb ut-Tahrir» a’zosi ozodlikdan mahrum etildi

Joriy yilning mart oyida huquqni muhofaza qilish idoralari tomonidan amalga oshirilgan tezkor tadbirlar natijasida Jarqo‘rg‘on tumanida istiqomat qilgan O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan «Hizb ut-Tahrir» diniy-ekstremistik tashkiloti tarafdori 1981 yilda Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan Alimov Botir Xurramovichning jinoiy faoliyatiga chek qo‘yilgan edi.

Tergov jarayonida ma’lum bo‘lishicha, B.Alimov Internetning “Facebook” va «Odnoklassniki» ijtimoiy tarmoqlarida “Oxirat hisobi” nomli profili orqali ekstremistik g‘oyalarni targ‘ib qilib, virtual do‘stlariga «Hizb ut-Tahrir» DETning audio-video materiallarini tarqatib kelgan.

B.Alimovning jinoiy harakatlari ayni paytda, Polshada yashirinib kelayotgan «Hizb ut-Tahrir»ning faol yollovchilari hisoblangan xalqaro qidiruvda bo‘lgan quyidagi shaxslar tomonidan boshqarilgan.

Ular: “Mahmud Abdulmo‘min” taxallusli 1980 yilda Qirg‘iziston Respublikasida tug‘ilgan, Xoldarov Maxmudjon Abdumalikovich va «Mansur Amin» taxallusli 1986 yilda Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida tug‘ilgan Eshmatov Suxrob Najmiddinovich

Surxondaryoda «Hizb ut-Tahrir» a’zosi ozodlikdan mahrum etildi

“Mahmud Abdulmo‘min”

Surxondaryoda «Hizb ut-Tahrir» a’zosi ozodlikdan mahrum etildi

«Mansur Amin»

Joriy yilning iyul oyida B.Alimovning jinoiy qilmishlari Jinoyat ishlari bo‘yicha Surxondaryo viloyat sudi tomonidan ko‘rib chiqilib, u 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilindi.

Kiritildi: 17:47 20.07.2022. O'qildi: 3332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!