Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Surxondaryoda erkak 2 yashar o‘g‘lini 50 million so‘mga "narxladi"

Surxondaryoda erkak 2 yashar o‘g‘lini 50 million so‘mga "narxladi"

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida yashaydigan Zulayho Shodiyeva (ism-shariflar o‘zgartirildi) viloyat ichki ishlar boshqarmasiga murojaat etib, Denov tumanida yashovchi 28 yoshdagi Po‘lat Choriyev ikki yoshdagi farzandini 50 million so‘mga sotmoqchi ekanini ma’lum qilgan.  Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni viloyat ichki ishlar boshqarmasi jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari o‘tkazgan tadbir chog‘ida Termiz shahridagi “Malika” restoranida P.Choriyev voyaga yetmagan farzandini Z.Shodiyevaga 2 ming 500 dollar va 24 million 250 ming so‘mga sotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Ayni paytda P.Choriyevga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi, 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 10:47 14.10.2020. O'qildi: 2462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!