Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Surxondaryoda do‘pposlangan fuqaro mashinada vafot etdi

A A A
Surxondaryoda do‘pposlangan fuqaro mashinada vafot etdi

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro SH.Turkmanovning vafot etganligi holati yuzasidan tarqalgan xabarlar Denov tumani prokuraturasi tomonidan o‘rganildi.  
 
Aniqlanishicha, 2021 yil 23 fevral kuni taxminan soat 12-30 larda Uzun tumani “Jonchekka” mahallasida yashovchi B.S. o‘zining mahalladoshi bo‘lgan A.S. ning boshqaruvidagi Matiz rusumli avtomashinasida Denov tumaniga kelishib, Denov tumani “Bahoriston” mahallasida joylashgan “Denov bobodehqon” bozori yonida B.S. ning tanishi bo‘lgan SH.Turkmanov bilan uchrashib, SH.Turkmanovni 12 mln. so‘m qarzini bermay yurganligi sababli, uni avtomashinaga o‘tqizib olib ketayotganlarida, avtomashinadan tushib qochmoqchi bo‘lgan SH.Turkmanovni quvlab ushlab olib, uning yuz va ko‘krak sohasiga qo‘l va oyoqlari bilan qasddan bir necha marta urib tan jarohati yetkazib, sog‘ligi yomonlashgan SH.Turkmanovni avtomashinaga majburlab o‘tqizib olib Uzun tumani “Jonchekka” mahallasiga B.S. ning yashash uyiga olib ketishib, SH.Turkmanovni hayoti xafv ostida qolgan va o‘zini himoya qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lganligini anglagan holda unga yordam ko‘rsatmasligi oqibatida, SH.Turkmanov avtomashinada vafot etgan.
 
Mazkur holat yuzasidan 25.02.2021  yilda Denov tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan B. S. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 105-moddasi (qasddan badanga o‘rtacha og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi va 117-moddasi (xavf ostida qoldirish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Sud ajrimi bilan B.S. ga nisbatan "qamoqqa olish"  tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. 

Jinoyat ishining tergovi ustidan viloyat prokuraturasi tomonidan nazorat o‘rnatilgan.

Kiritildi: 15:30 03.03.2021. O'qildi: 3227 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik