Bugun 30 oktyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Surxondaryoda DAF rusumli yuk mashinasi yonib ketdi

Surxondaryoda DAF rusumli yuk mashinasi yonib ketdi

Yong‘in sababli transportlar harakati vaqtincha to‘xtatilgan.

28 oktyabr kuni Surxondaryo viloyati hududidan o‘tuvchi M-39 “Almata–Bishkek–Toshkent–Termiz” avtomobil yo‘lida DAF rusumli yuk mashinasida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, soat 08:54 da voqea haqidagi xabar Surxondaryo viloyati FVB Bosh boshqarmasiga kelib tushgan. Qutqaruv va yong‘in o‘chirish ekipaji voqea joyiga yetib borgan va yong‘in soat 09:43 da o‘rab olingan, 09:55 da to‘liq bartaraf etilgan.

Hodisa natijasida yuk mashinasining dvigatel qismi, kabinasi va yuk bo‘limidagi ko‘pikli yuk butunlay yonib ketgan. Qurbonlar qayd etilmagan.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, yong‘in sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori hozirda aniqlanmoqda. Yong‘in oqibatida transport harakati vaqtincha sekinlashgan, hozirda yo‘l harakati to‘liq tiklangan.

Kiritildi: 14:37 28.10.2025. O'qildi: 468 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!