Bugun 16 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Surxondaryoda ayol va uning kelini erkaklar tomonidan kaltaklandi

A A A
Surxondaryoda ayol va uning kelini erkaklar tomonidan kaltaklandi

Surxondaryoda ayol va uning kelini erkaklar tomonidan kaltaklandi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Sanam Salomova (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) ustaxonasini to‘sib, ko‘chma do‘kon o‘rnatib olgan qo‘shnisi Muattar Rajabovaga vaziyatni tushuntirmoqchi bo‘ldi. Yetmaganiga odamlar o‘tib-qaytib turgan ariq ustidagi ko‘prikning ustini betonlash uchun qilayotgan xatti-harakatlari ham g‘ayrioddiy tuyuldi.

Ikki qo‘shni murosaga kela olmadi. Yoshi kattasi kattaman, kichigi kichikman demay og‘zaki yovlashishdi. Oraga tomonlarning tarafkashlari qo‘shilgach, ur-sol, do‘pposlash boshlanib ketdi. Sanamning akasi Salim va mahalladoshi Sarvar Muattar Rajabova va kelini Dilbarni ura boshladi. Ko‘rgan ko‘zga uyat ekanini unutgan qo‘shnilarning to‘poloni mahallada yaxshigina tomoshaga aylandi.

Yakunda bir-birini ayamay, soch yulishib, janjallashgan qo‘shnilar va ularning tarafkashlariga ikki yillik ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 19:18 20.10.2022. O'qildi: 3125 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!