Bugun 2 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Surxondaryoda 8-sinf o‘quvchisi jinoyatda ayblanmoqda

Surxondaryoda 8-sinf o‘quvchisi jinoyatda ayblanmoqda

O‘zbekistonda 8-sinf o‘quvchisi 11,3 million so‘m va mobil telefon o‘g‘irlaganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar qildi.

2018 yil 6 dekabr kuni Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumanida yashovchi N.A. IIBga murojaat qilib, unda 2018 yil 16 noyabrga o‘tar kechasi noma’lum shaxs uning Navobod qishlog‘ida joylashgan do‘koniga deraza oynasini sindirish yo‘li bilan kirib, u yerdan 11 300 000 so‘m puli va Samsung rusumli mobil telefonini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan , - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Navobod qishlog‘ida yashovchi, 21-sonli o‘rta maktabning 8-sinf o‘quvchisi sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 15:42 19.02.2019. O'qildi: 1872 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!