Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Surxondaryoda 14 nafar jihodchiga sud hukmi o‘qildi

Surxondaryoda 14 nafar jihodchiga sud hukmi o‘qildi

O‘zbekiston Respublikasi suveren davlat bo‘lib, uning yaxlitligiga, tinchligiga tahdid solish qonunan javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Ammo, keyingi paytlarda respublikaning amaldagi davlat tuzumini Konstitusiyaga xilof tarzda o‘zgartirishga xizmat qiladigan mazmundagi, diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni tarqatish holatlari uchramoqda.

DXX Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ana shunday shubhali shaxslar faoliyati o‘rganilganda, ular ijtimoiy tarmoqlardagi o‘z profillari orqali «Birodarlarimiz ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishsin», «Mujohidlarning xatoliklari», «Suriyada jihod qilyapmiz» deb nomlangan jihodga da’vat etuvchi, mavjud tuzumni o‘zgartirish yo‘lida kurashishga chorlovchi chaqiriqlar aks etgan audio va video materiallar tarqatib kelayotganliklari aniqlandi.

Ayrim profillar orqali «birodarlar» (jihodda yurgan muhojirlar nazarda tutilgan)ga yordam berish, qurol-yarog‘ olishiga ko‘maklashishga da’vat etilgan.

Ovozli xabarlarda yig‘ilgan pullar kelajakda Abu Saloh, Sodiq Samarqandiy kabilar chiqishi uchun xizmat qilishi haqidagi fikrlar bayon etilgan.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita xulosasiga ko‘ra, ushbu audio va video materiallar aqidaparastlik g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan hamda ular O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlangan materiallar sirasiga kiradi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudi hukmiga ko‘ra, 13 nafar fuqaro 4 yilu 8 oydan 10 yilgacha bo‘lgan muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi. Bir nafar ayol kishiga 5 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 18:30 29.06.2022. O'qildi: 3108 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!