Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Surxondaryoda 1,5 yashar qizcha va 2 yashar bolakay ariqqa cho‘kib, halok bo‘ldi

Surxondaryoda 1,5 yashar qizcha va 2 yashar bolakay ariqqa cho‘kib, halok bo‘ldi

Farzand har birimiz uchun ato etilgan aziz ne’mat. Har bir ne’mat kabi uni ham asrab-avaylash, doim ko‘z-quloq bo‘lish ota-onaning farzi, burchidir. Ammo ayrim ota-onalarning beparvoligi, hali voyaga yetmagan farzandini qarovsiz qoldirishi natijasida baxtsiz hodisalar yuz berayotgani va bu ularning jondan aziz jigarbandining umriga nuqta qo‘yayotgani naqadar achinarli holat.

"Postda"ning yozishicha, Jarqo‘rg‘on tumanidagi Yangiariq mahallasida yashovchi E.B.ning 1,5 yashar qizi F.YU. qarovsiz qolgani tufayli uyi orqa tomonidan oqib o‘tuvchi kichik ariqchaga tushib ketadi va nafas yo‘llari suv bilan berkilishi oqibatida vafot etdi.

Denov tumanidagi Qo‘zichoqli mahallasida istiqomat qiluchi O‘.X.ning 2 yashar o‘g‘li J.A. o‘ynab yurib, uyning orqa tomonidagi ariq yoniga borib qoladi. Qorong‘ida ariqni payqamagan bolakay oyog‘i toyib, suvga yiqiladi. Ariqda jonholatda tipirchilayotgan bolakayni hech kim payqamaydi. Oqibat nafas yo‘llari suv bilan berkilgan bolakay voqea joyida jon beradi.

Bular baxtsiz hodisalar. Biroq ular e’tiborsizlik, g‘aflatda qolish oqibatida yuz berganini unutmaslik kerak. Shunday ekan, doim ogoh, hushyor bo‘lib yashaylik, jondan aziz ne’matimizni asraylik azizlar, ularni hech vaqt qarovsiz qoldirmaylik!

Kiritildi: 11:56 07.08.2020. O'qildi: 3935 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!