Suriya demokratik kuchlari (SDK) Aleppodagi Suriya armiyasi pozisiyalariga uchuvchisiz uchoqlardan zarbalar berdi.
Bu haqda SANA axborot agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, zarbalar Shayx Maqsud va Ashrafiy tumanlaridagi turar-joy hududlariga qaratilgan. SDK hujumidan keyin rasmiylar Aleppo-Gaziantep yo‘lini yopishga qaror qildi. Suriya harbiylari bunga javoban dron va raketa uchiruvchi qurilmalarga zarba berdi.
Bundan tashqari, SDKning o‘qqa tutilishi natijasida bir askar va uchta tinch aholi, jumladan, qishloq xo‘jaligi boshqarmasining ikki xodimi halok bo‘ldi, yana 15 ga yaqin kishi, jumladan, ikki bola yaralandi.
Aleppo gubernatori Azzam al-G‘arib X ijtimoiy tarmoq platformasida tegishli idora va kuchlar yong‘in manbalarini bartaraf etish, vaziyatni nazorat qilish va jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rayotganini ma’lum qildi.