Bugun 10 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Suriyadagi Rossiya harbiy bazalari Damashq nazorati ostiga o‘tadi

Suriyadagi Rossiya harbiy bazalari Damashq nazorati ostiga o‘tadi

Damashq va Moskva Suriyadagi Rossiya harbiy bazalarining kelajagini belgilovchi o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladilar.

Bu haqda Suriya Tashqi ishlar vazirligi e’lon qildi.

"Bir yarim yillik muzokaralardan so‘ng, nihoyat Xmeymim va Tartusdagi Rossiya harbiy bazalarining kelajagi aniqlandi - tomonlar tegishli memorandumni imzoladilar", deyiladi bayonotda.

Suriya vazirligi ushbu hujjat "Rossiya va Suriya o‘rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochishiga" umid bildirdi.

Vazirlik Rossiya harbiy bazalari ikki tomon manfaatlariga xizmat qiladigan qo‘shma harbiy o‘quv markazlariga aylantirilishini aniqlik kiritdi.

Suriya tomoni shuningdek, Xmeymim ayerodromini o‘z ichiga olgan barcha fuqarolik ob’ektlari asta-sekin Suriya Arab Respublikasi fuqarolik ma’muriyati nazorati ostiga o‘tishi kerakligini e’lon qildi.

"Memorandumga ko‘ra, barcha o‘zgarishlar uch oydan oshmasligi kerak", deyiladi bayonotda.

Kiritildi: Bugun 07:50. O'qildi: 524 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!