Bu haqda Reuters xabar berdi.
Suriya Ichki ishlar vazirligi mamlakat shimoli-sharqidagi Ash-Shaddada shahridagi qamoqxonadan ISHID terrorchilik guruhiga mansub taxminan 120 nafar mahbus qochib ketganini tasdiqladi.
Suriya Mudofaa vazirligi janggarilarni ozod qilishda kurdlarning “Suriya Demokratik kuchlari”ni (SDF) ayblab, guruh rahbariyatini mahbuslarning qochishiga yordam berishi mumkin bo‘lgan har qanday o‘ylamasdan tashlanadigan qadamlarning oqibatlaridan ogohlantirdi. Kurdlar esa bu hodisada Suriya hukumatining o‘zi aybdor ekanini ta’kidlamoqda.
Reuters agentligining xabar berishicha, Suriya Mudofaa vazirligi qochish voqeasidan so‘ng Ash-Shaddada shahriga armiya va maxsus bo‘linmalar kiritilganini e’lon qilgan. Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari 81 nafar jangarini qo‘lga olgan. Qolgan mahbuslarni ham hibsga olish bo‘yicha harakatlar davom etmoqda.
Yakshanba kuni kechqurun Suriya prezidenti Ahmad ash-Shar’a o‘t ochishni to‘xtatish va kurdlarning SDF guruhini davlat institutlariga to‘liq integrasiya qilish bo‘yicha kelishuvni e’lon qilgan edi.