Suriya fuqaro aviasiyasi va havo transporti bosh boshqarmasi Aleppo xalqaro aeroportiga havo qatnovini to‘xtatib turish muddati uzaytirilganini ma’lum qildi.
Bu haqda Syria TV telekanali xabar berdi.
Yo‘lovchilarga e’lon qilingan xabarga ko‘ra, cheklov 2026 yil 8 yanvar mahalliy vaqt bilan soat 23:00 gacha amal qiladi va mavjud operativ vaziyat tufayli vaqtinchalik profilaktika chorasi hisoblanadi.
To‘xtatib turish vaqtida barcha rejalashtirilgan reyslar tegishli idoralar bilan kelishilgan holda zarur texnik ishlar yakunlangunga va xavfsizlik darajasi baholanguniga qadar Damashq xalqaro ayeroportiga yo‘naltiriladi.