Bugun 8 iyul, 2024 yil, dushanba

КИР

“Suriyada tinchlik uchun Turkiyadan ‘qo‘shimcha qadamlar’ qo‘yilishi mumkin” — Erdo‘g‘on

“Suriyada tinchlik uchun Turkiyadan ‘qo‘shimcha qadamlar’ qo‘yilishi mumkin” — Erdo‘g‘on

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Suriyada tinchlik o‘rnatish uchun Turkiya tomonidan “qo‘shimcha qadamlar” qo‘yish imkoniyatini istisno qilmadi.

Biz qo‘shni Suriyada 13 yildan ortiq davom etayotgan va 1 million odamning hayotiga zomin bo‘lgan mojaroga siyosiy yechim topishga harakat qildik. Joylarda ayrim masalalar bo‘yicha ijobiy natijalarga erishdik. Tinchlik va osoyishtalikka xizmat qiluvchi qo‘shimcha qadamlar qo‘yish imkoniyati mavjud, — dedi Turkiya rahbari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Suriyaning milliy birligini himoya qilish Turkiya uchun ham ustuvor masaladir. Turkiya rahbari demokratik, farovon va kuchli Suriyani ko‘rish istagini bildirgan.

Biz hammadan ko‘ra Suriya o‘z uyini tashlab chiqishga majbur bo‘lgan millionlab odamlar uchun xavfsiz bo‘lishini istaymiz, — deya qo‘shimcha qilgan Erdo‘g‘on.

Suriyada 2011 yildan beri qurolli mojarolar davom etmoqda. “Ostona formati” muzokaralari Suriya inqirozini hal qilish jarayonining kafil davlatlari sifatida Rossiya, Eron, Turkiya, shuningdek, Suriya hukumati va muxolifati, BMT hamda kuzatuvchi davlatlar – Iordaniya, Livan va Iroq vakillari ishtirokida 2017 yildan beri o‘tkaziladi.

Kiritildi: 09:11 03.07.2024. O'qildi: 646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!