Bugun 22 avgust, 2026 yil, shanba

КИР

Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi o‘lim jazosiga hukm qilindi

​Damashq sudi Vasim Asadni harbiy jinoyatlar hamda insoniyatga qarshi jinoyatlar deb tasniflangan qotilliklar va qiynoqlarda aybdor deb topdi.

​U, shuningdek, fuqarolar urushi va konfessiyalararo (mazhablararo) nizo qo‘zg‘atishga qaratilgan harakatlarda ham ayblandi.

Shu bilan birga, sud Vasim Asadning barcha mol-mulkini musodara qilish to‘g‘risida qaror chiqardi.

Avvalroq Suriya sudi mamlakat sobiq prezidenti Bashar Asad, uning ukasi Mohir Asad va amakivachchasi Atif Najibni ham harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarshi jinoyatlarni sodir etganlikda ayblab, o‘lim jazosiga hukm qilgan edi.

Suriyani 2000 yildan beri boshqarib kelgan Bashar Asad 2024 yil dekabrida hokimiyatdan ag‘darilgandi. Bashar Asad oilasi va ukasi Mohir bilan birga Rossiyaga qochib ketgan.

Kiritildi: 18:49 18.08.2026. O'qildi: 731 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!