Suriya armiyasi bo‘linmalari hukumat va Suriya Demokratik Kuchlari o‘rtasida erishilgan kelishuvga muvofiq Hasaka viloyatidan chiqib ketmoqda.
Bu haqda SANA nashri Suriya Qurolli Kuchlari Operasiyalar Qo‘mondonligi tayanib xabar bermoqda.
"Bizning qo‘shinlarimiz 2 fevraldan beri Hasaka shahri va uning atrofida egallab turgan pozisiyalaridan chiqib ketmoqda va ularni Ichki Xavfsizlik Kuchlari bo‘linmalariga topshirmoqda", deyiladi bayonotda.
SDF bo‘linmalari ham mintaqani tark etib, uning tashqarisidagi bazalariga yo‘l olayotgani ta’kidlandi.
"SDF ikki tomonlama kelishuvlarni amalga oshirishga sodiq va ijobiy qadamlar qo‘ymoqda. Biz vaziyatni kuzatib bormoqdamiz va keyingi harakatlarni aniqlash uchun uni baholamoqdamiz", deyiladi harbiy bayonotda.
SDF qo‘mondoni Mazlum Abdi ilgari Ronahi TV telekanaliga bergan intervyusida bo‘linmalarning jangchilari hukumat kuchlariga qo‘shilishini aytgan edi.