Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

Suriya prezidenti: Livanga harbiy aralashuv rejamiz yo‘q

Suriya prezidenti: Livanga harbiy aralashuv rejamiz yo‘q

Suriyaning muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Sharaa mamlakatning Livanga harbiy aralashuv rejasi yo‘qligini ma’lum qildi.

Uning Al Jazeera telekanaliga bergan intervyusida ta’kidlashicha, mavjud inqirozni faqat diplomatik yo‘l bilan hal etish mumkin.

«Suriyaning Livanga harbiy aralashuv rejasi yo‘q. Biz Livan hukumati bilan inqirozni hal qilish bo‘yicha kompleks yondashuv ustida muvofiqlashgan holda ishlayapmiz», — dedi Ahmad ash-Sharaa.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, Livandagi barqarorlik Suriya uchun ham muhim ahamiyatga ega. U qo‘shni mamlakatdagi beqarorlik Suriyaga ham bevosita ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab, Livanni barqarorlikka olib chiqadigan yechimni birgalikda ishlab chiqish zarurligini bildirdi.

Ahmad ash-Sharaa Suriya bunday strategiyani ishlab chiqishda hamkorlik qilishga tayyor ekanini aytdi. Biroq ushbu kompleks yondashuvning aniq tafsilotlari hozircha ochiqlanmagan.

Kiritildi: Bugun 17:54. O'qildi: 210 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!