Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Suriya muftiysiz qoldi

Suriya muftiysiz qoldi

Suriya prezidenti Bashar Asad muftiy lavozimini bekor qilish va diniy sohani nazorat qiluvchi vazirlik vakolatlarini kengaytirish haqidagi farmonni imzoladi.

Muftiyning vakolatlari Vaqflar va diniy ishlar vaziri boshchiligidagi Fiqhiy kengashga o‘tkazildi.

Prezidentning ushbu farmoni Suriya muftiysi Ahmad Badriddin Hassunning iste’foga chiqishini anglatadi. U muftiy lavozimida 2005 yildan beri ishlab kelayotgan edi.

Bashar Asad 2018 yildagi farmoni bilan muftiyning faoliyat muddatini uch yil etib belgilagan edi. Uch yildan keyin Vaqflar va islomiy ishlar vazirligining qarori bilan muftiyning faoliyat muddati uzaytirilishi mumkin.

Prezident farmonida muftiy lavozimi nima uchun tugatilgani haqida aytilmagan.

Kiritildi: 11:45 17.11.2021. O'qildi: 2554 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!