Suriya 15–17 iyun kunlari Fransiyaning janubi-sharqidagi Evian-le-Ben shahrida bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida mehmon sifatida ishtirok etish uchun taklif oldi.
Mamlakatni tadbirda Ahmad ash-Shara vakillik qiladi. Bu Damashqning 1975 yilda forum tashkil etilganidan beri uning yig‘ilishlaridagi ilk ishtiroki bo‘ladi.
Kutilmoqdaki, muzokaralar davomida Suriya tomoni mamlakatning ta’minot zanjirlari uchun ehtimoliy strategik xab sifatidagi rolini muhokama qilishga asosiy e’tibor qaratadi.
Bu masala Hurmuz bo‘g‘ozi yopilganidan keyin yanada dolzarb ahamiyat kasb etdi. Xabarga ko‘ra, fevral oyi oxirida Eronda urush boshlanganidan so‘ng mazkur strategik bo‘g‘oz orqali kemalar harakati deyarli to‘liq to‘xtagan va bu jahon iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatgan.
Hozirda Suriya yillar davom etgan mojarolar va sanksiyalar oqibatida izdan chiqqan iqtisodiyotni tiklashga intilmoqda. Garchi Asadlar oilasi davrida joriy etilgan cheklovlarning katta qismi yumshatilgan bo‘lsa-da, xorijiy investisiyalarni jalb qilish va xalqaro bank aloqalarini tiklash jarayoni rasmiylar kutganidan ko‘ra sekinroq kechmoqda.