O‘zbekiston Superligasida 22-tur bahslari davom ettirildi.
20 sentyabr kuni tur doirasida yana to‘rtta uchrashuv o‘tkazildi. "Nasaf" safarda "Andijon"ni 4:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, "Surxon" "Qo‘qon-1912"dan 1:0 hisobida ustun keldi.
OKMK Jizzaxda "So‘g‘diyona"ni 2:1 hisobida yengdi. Kunning so‘nggi bahsida esa "Neftchi" Toshkentda "Lokomotiv" ustidan 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Ushbu natijadan so‘ng farg‘onaliklar 22 ta o‘yinda 51 ochko to‘plab, Superliga peshqadamligini mustahkamladi. "Paxtakor" 49 ochko bilan ikkinchi, "Navbahor" 44 ochko bilan uchinchi o‘rinda bormoqda.
OKMK 35 ochko bilan 4-pog‘onaga ko‘tarildi. Xuddi shuncha ochkoga ega "Lokomotiv" 5-o‘rinda. "Nasaf" 34 ochko bilan 6-, "Buxoro" esa xuddi shuncha ochko bilan 7-pog‘onadan joy olgan.
"Andijon" va "Dinamo" hisobida 30 tadan ochko bor. "Surxon" esa g‘alabadan keyin ochkolari sonini 26 taga yetkazib, 12-o‘rinda bormoqda.
22-turning so‘nggi uchrashuvi 21 sentyabr kuni o‘tkaziladi. Soat 20:15 da "Xorazm" o‘z maydonida "Qizilqum"ni qabul qiladi.
22-tur natijalari:
"Navbahor" — "Dinamo" — 3:2
"Mash’al" — "Paxtakor" — 1:2
"Bunyodkor" — "Buxoro" — 2:1
"Andijon" — "Nasaf" — 1:4
"Surxon" — "Qo‘qon-1912" — 1:0
"So‘g‘diyona" — OKMK — 1:2
"Lokomotiv" — "Neftchi" — 0:1
"Xorazm" — "Qizilqum" — 21 sentyabr, 20:15