Superligada 7-tur bahslari yakuniga yetmoqda. Bugun turning so‘nggi ikki uchrashuvi o‘tkaziladi.
Dastlab, soat 18:00'da “Xorazm” va “Qo‘qon-1912” jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Shundan so‘ng turning markaziy uchrashuvi “Bunyodkor”—“Neftchi” to‘qnashuvi bo‘lib o‘tadi.
Mazkur bellashuvni soat 20:15'dan boshlab, “Futbol TV” telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.